Xorijdan qirg‘ovul va Hindiston tovuslarini olib kirayotgan shaxs ushlandi (+video)
Andijon viloyatida yashovchi fuqaro M. N. Checheniston Respublikasidan 22 dona 4 turdagi qirg‘ovul va 5 dona Hindiston oq tovuslarini chegara bojxona postidan olib o‘tayotgan vaqtida to‘xtatilgan.
Tekshiruv davomida ushbu qushlarning tegishli hujjatlari mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan va veterinar xulosasida ularning nomi va soni noto‘g‘ri raqamlar bilan qayd etilgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/zFCsnB35U4w?si=F67brdHWIouScMSW" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, O‘zA