French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdan qaytib kelgan fuqarolarni reintegratsiya qilish va bandligini ta’minlash bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazildi
14:45 / 2021-06-18

Mamlakatimizda xorijdan qaytib kelgan fuqarolarni reintegratsiya qilish va bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida videokonferensaloqa shaklida viloyatlardagi bandlik bosh boshqarmalarining tegishli mutaxassislari, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining migratsiya masalalari bo‘yicha inspektorlariga ma’ruza mashg‘uloti olib borildi.

Tadbir ishtirokchilariga “mahalla – mehnat organlari – sektor – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filiali” tizimi asosida xorijdan qaytib kelgan fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan individual tartibda manzilli ishlashni tashkil etish, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila a’zosi sifatida e’tirof etilgan va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib, qaytib kelgan fuqarolar uchun yaratilgan imtiyozlar tushuntirildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarning savollariga batafsil javob qaytarildi, ularning taklif va tavsiyalari ko‘rib chiqildi.