Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun qalbaki hujjat tayyorlovchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi
20:29 / 2022-04-15

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir olib borildi.

Samarqand shahridagi o‘quv markazlaridan birining rahbari, 2000 yilda tug‘ilgan R.H va “Agrobank” xodimi, 2000 yilda tug‘ilgan X.F. 5 ming AQSH dollari evaziga mahalliy fuqaroni Ukraina oliygohining 1-kursida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab, keyinchalik o‘qishini Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga ko‘chirib berishni va’da qilib, so‘ralgan pulning 2500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. 

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA