Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdan naqd valyuta olib kelishda pul o‘tkazmalari 2,2 barobarga o‘sgani mehnat migrantlarining o‘tkazmalariga bog‘liq
18:24 / 2022-10-27

«Turkiston» va “HI-TECH BANK” xususiy aksiyadorlik tijorat banki omonatchilarining mablag‘larini qaytarish Qishloq qurilish banki orqali amalga oshiriladi.

Markaziy bankda «Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024-2025 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining dastlabki konseptual loyihasi» hamda asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Boshqaruv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek yig‘ilishda «Pul-kredit siyosatining 2023-2024-2025 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining dastlabki konseptual loyihasi» ham ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, tashqi va ichki omillarning turli xil ko‘lamdagi ta’sirlari sentyabr oyida yillik inflyatsiyani 12,2 foizga teng bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Joriy yilda inflyatsiya darajasi 12-12,5 foiz atrofida shakllangan. Prognozga ko‘ra, 2023 yil uchun esa bazaviy ssenariy doirasida 8,5-9,5 foizgacha shakllanadi. Mavjud inflyatsion jarayonlar, pul-kredit sharoitlari, import inflyatsiyasi ta’sirining saqlanib qolayotganligi va yuqori noaniqliklar sharoitida yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 12-12,5 foiz atrofida shakllanishi hamda 2023 yil uchun esa bazaviy ssenariy doirasida 8,5-9,5 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda. Bazaviy ssenariy doirasida 2023 yil uchun iqtisodiy o‘sish sur’atlari joriy yilidan biroz sekinlashib, 4,5-5 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda

Inflyatsion jarayonlarni jilovlash maqsadida dunyoning aksariyat markaziy banklari tomonidan pul-kredit sharoitlarini qat’iylashtirish va mos ravishda moliyaviy resurslar narxi qimmatlashib borishi kuzatilmoqda. Xususan, AQSH Federal zaxira banki tomonidan pul-kredit sharoitlarining qat’iylashtirilishi hisobiga dunyoning aksariyat valyutalari AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanib bormoqda. Dollar indeksi yil boshiga nisbatan 17 foizga oshib 112 bandni tashkil etmoqda.

Bu esa iste’molda import ulushi yuqori bo‘lgan va inflyatsion kutilmalari valyuta kursiga ta’sirchan davlatlarda inflyatsion jarayonlarning yanada tezlashishiga olib kelmoqda.

Tashqi vaziyat va savdo hamkorlardagi o‘zgarishlarga tashqi iqtisodiy munosabatlarning moslashib borishi hisobiga mamlakatimizga valyuta oqimlari hajmida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan 9 oyida oltinsiz eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,6 foizga ortib, 11,1 mlrd. dollarni, mamlakatimizga pul o‘tkazmalari hajmi 2,2 barobarga ortib, 12,6 mlrd. dollarni, aholining banklardan valyuta xaridi va sotuvi o‘rtasidagi ijobiy tafovut – 2,5 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Pul bozoridagi vaziyat va shakllanayotgan foiz stavkalari pul-kredit sharoitlaridagi o‘zgarishlarga nisbatan moslashib bormoqda. Sentyabr oyida “UZONIA” stavkasi ham oy davomida 14-14,5 foiz doirasida shakllangan bo‘lsa, davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlilik muddatiga qarab 16-18 foiz atrofida bo‘ldi. Depozit foiz stavkalarining real hisobda ijobiy shakllanayotganligi aholining milliy valyutada jamg‘arish faolligining ortishiga xizmat qilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari 1,5 barobarga oshdi.

— Xorijdan naqd valyuta olib kelishda «pul o‘tkazmalari 2,2 barobarga o‘sgani mehnat migrantlarining o‘tkazmalariga bog‘liq ekaniga ishontirishimiz kerak, — deydi Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodov. — O‘tkazmalarning 60 foiz hajmi 10 ming dollardan ortiq qiymat hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘tkazmalar tovar va tijoriy xarakteriga ega.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, «Turkiston» va “HI-TECH BANK” xususiy aksiyadorlik tijorat banklari omonatchilarining mablag‘lari qonun bo‘yicha belgilangan 2 oy muddatda 100 foiz qaytarilishi qayd etildi. Mablag‘larni qaytarish Qishloq qurilish banki orqali amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA