Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdan keltirilayotgan naslli mollar davlat reyestriga kiritiladi
19:57 / 2021-01-18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zagroinspeksiya» axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda 91 ming gektar yangi o‘zlashtiriladigan yer maydoni qishloq xo‘jaligi yer toifasiga kiritiladi. Shuningdek, foydalanishdan chiqib ketgan, yer osti suvlari zaxirasi mavjud bo‘lgan 56 ming gektar yer maydoni o‘zlashtiriladi, ushbu vazifalarning bajarilishi hamda qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga taqsimlanishi nazorat qilinadi.  

Mavjud 330 mingdan ziyod qishloq xo‘jaligi texnikasining (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) to‘liq elektron ro‘yxati shakllantiriladi hamda texnikalarning harakati va yagona elektron bazasi, jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda importyor korxonalar tomonidan yetkazib beriladigan texnikalar hisobi yuritiladi.  

«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida «O‘zagroinspeksiya»ning uzagroin.uz – yagona axborot tizimi joriy etiladi. 2021 yil yakuniga qadar davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga nisbatan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarining ulushi 50 foizga oshiriladi.

Inspeksiyaning markaziy va hududlardagi 13 ta laboratoriyasini xalqaro standart talablariga javob beradigan 60 dan ortiq zamonaviy sinov qurilmalari va o‘lchov vositalari bilan jihozlash orqali «ISTA» xalqaro standartlash tashkilotiga akkreditatsiya qilinadi.

Respublikada qoramollar zotini yaxshilash maqsadida xorijiy davlatlardan keltirilayotgan (yiliga 35 ming boshdan ortiq) naslli mollarni o‘rnatilgan tartibda davlat reyestriga kiritilishi ta’minlanadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA