Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdan kelgan pedagog maktabda faoliyatini boshladi
14:21 / 2025-09-05

2025-2026 o‘quv yilida Buxoro viloyati maktablarida ta’lim sifatini oshirish va xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini yuksaltirish maqsadida Koreya, Rossiya hamda Efiopiya davlatlaridan jami 26 nafar xorijlik pedagoglarni jalb etish rejalashtirilgan.

Ayni paytda 1 nafar koreyalik, 2 nafar efiopiyalik va 3 nafar rossiyalik o‘qituvchi viloyatdagi umumta’lim maktablarida faoliyatini boshladi. Jumladan, Buxoro shahridagi 22-umumta’lim maktabida Efiopiyadan kelgan matematika o‘qituvchisi o‘z mehnat faoliyatini boshladi.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari mazkur maktabda, xorijlik pedagog bilan yaqin muloqotda bo‘ldi va uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar viloyatda ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Zarif Komilov, O‘zA