Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdan jalb qilingan mablag‘ kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi
10:11 / 2023-12-30

«Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki Qozog‘istonning «Halyk Bank» va «Altyn Bank»laridan 18 million dollar miqdoridagi mablag‘larni jalb qildi.

Gap shundaki, ushbu kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 8 iyundagi tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi yig‘ilishining tegishli bayoni asosan amalga oshirildi.  

Mazkur bayon doirasida «Mikrokreditbank» ATB mutaxassislari «Halyk Bank» va «Altyn Bank» vakillari bilan muzokaralar olib borib, shartnoma bo‘yicha 18 million dollar miqdoridagi mablag‘larni yurtimiz iqtisodiyoti uchun jalb qilish bo‘yicha sindikatlangan kredit kelishuviga erishdi. Ta’kidlash joizki, ushbu kelishuv ikki bank tomonidan amalga oshirilgan ilk va yagona sindikatlangan kredit bo‘lib, O‘zbekistonda faqat Mikrokreditbank uchun tranzaksiyani amalga oshirdi.  

E’tiborlisi, xorijdan jalb qilingan ushbu mablag‘lar Mikrokreditbank tomonidan yurtimizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Ma’lumot uchun, «Halyk Bank» va «Altyn Bank» – Qozog‘iston Respublikasining tizimli universal banklari bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik moliya muassasalaridan hisoblanadi. Banklar, sug‘urta, brokerlik va lizing faoliyatini amalga oshiruvchi «Halyk» guruhi tarkibiga kiradi.  

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida