Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdagi yoshlar bilan video muloqot
14:43 / 2025-02-01

Surxondaryo viloyati Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov ta’lim olish va ishlash uchun xorijda bo‘lib turgan yoshlar bilan videomuloqot orqali suhbatlashdi.

Sektorlar, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan ochiq muloqotda dunyoning turli davlatlaridan 150 dan ortiq migratsiyadagi yosh qatnashdi.

Video uchrashuv chog‘ida tog‘li tuman rahbari mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, barpo etilayotgan yangi ish o‘rinlari, ularning g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar bilan manzilli ishlashning samaralari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, xorijdagi yoshlarning murojaat va g‘oyalarini tingladi. Ochiq muloqotda o‘rtaga tashlangan masalalar yechimini topish va yaxshi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashdi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri