Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdagi vatandoshlar oilalari – doimiy e’tiborda
15:13 / 2026-01-07

Migratsiya agentligi huzuridagi idoralararo ishchi guruh tomonidan xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari hamda ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 5 – 10 yanvar kunlari “Mehnat migrantlari oilalari” nomi ostida bir martalik ijtimoiy aksiya o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu aksiya doirasida Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan xayriya va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Buxoroda “Xorijdagi vatandoshlar oilalari – doimiy e’tiborda” shiori ostida xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning farzandlari uchun bayram dasturi tashkil etildi. 

Bayram tadbirida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Botir Ahmedov, viloyat hokimining o‘rinbosarlari Azizbek Qalandarov, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Hafiza Artikova ishtirok etib, bolalarni bayram bilan tabrikladi. Bolalarga bayram sovg‘alari ulashildi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.