Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligi hamda Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 1500 nafar markaziy hamda hududiy studiyalardan yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-27257]
Uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr va tashabbuslarini bildirdi, savol-javob sessiyasi orqali xalqaro hamkorlik va diplomatik faoliyat masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning tashqi siyosat va diplomatik faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning xalqaro jarayonlar haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish, shuningdek, yoshlarning fikr va tashabbuslarini bevosita diplomatlar orqali tinglash va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Tadbir yoshlarni diplomatik faoliyatga qiziqtirish, yetakchilik va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi ishtirokini kuchaytirishga qaratildi.
Gulnoza Boboyeva,
Oybek Pardayev (surat),
O‘zA