Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdagi 57 ta saylov uchastkasida ham saylov jarayoni qizg‘in
11:32 / 2024-10-27

Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari B.A’loyev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda xorijdagi saylov uchastkalaridagi jarayonlar xususida ma’lumotlar berildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekistonning 40 ta xorijiy davlatlardagi elchixona va bosh konsulxonalari huzurida 57 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. Chet eldagi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ularni saylovchilar ro‘yxatiga qo‘shish uchun saylov.mfa.uz veb-sayti orqali maxsus elektron xizmat joriy qilindi.

Xorijdagi saylov uchastkalarida joriy yilning 16-23 oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazildi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston fuqarolari zich joylashgan, jumladan, diplomatik vakolatxonalarimiz mavjud bo‘lmagan 145 ta shaharda uchastka saylov komissiyalari tomonidan qo‘shimcha ravishda jami 509 ta ko‘chma ovoz berish nuqtalari tashkil etildi. Xorijda tashkil etilgan muddatidan oldin ovoz berish jarayonida 132 ming 667 ming nafar fuqaromiz o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalandi.

[gallery-20031]

Elchixonalar va konsullik muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan media-reja asosida 37 ta xorijiy mamlakatning 217 ta yetakchi OAVlarida saylovga oid 357 ta material nashr etildi. Vatandoshlar va diasporal tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlari orqali 1 ming 300 dan ortiq saylovga oid ma’lumotlar tarqatildi.

Ta’kidlanganidek, xorijdagi saylov jarayonlarining dastlabkisi 27 oktyabr kuni yurtimizning Yaponiya va Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarida Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanib, so‘nggisi Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi vakolatxonalarda 28 oktyabr soat 05:00 da yakunlanadi.

Hozirgi vaqtga kelib, dunyoning aksariyat davlatlarida, jumladan, O‘rta va Yaqin Sharq, Osiyo va Okeaniya, Yevropa davlatlari, Rossiya va barcha qo‘shni mamlakatlarda ovoz berish jarayonlari boshlangan va qizg‘in davom etmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/OuSKUD-lLok?si=uTGJ1CEzHVZzxBlF" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,  

Asliddin Alijonov (surat), O‘zA