Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalarni Vatanga olib kelish davom etadi
16:20 / 2020-07-25

Shu kunga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Minsk, Istanbul kabi shaharlardan talabalarimiz olib kelindi.


Koronavirus pandemiyasi tufayli xorijiy davlatlar oʻrtasida transport qatnovlariga nisbatan qoʻyilgan cheklov choralari sabab chet davlatlar oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalarni Vatanga olib kelish va oʻz oilalari bagʻriga omon-eson yetkazish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Shu kunga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Minsk, Istanbul kabi shaharlardan talabalarimiz olib kelindi.

Respublika maxsus komissiyasi topshirigʻiga binoan avgust oyining birinchi dekadasida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiyev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali oʻzbekistonlik talabalarni olib kelish ishlarini tashkil etish masalasida xorijiy davlatlar aviatsiya maʼmuriyatlari bilan ishlar olib borilmoqda.