Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 26 nafar voyaga yetmagan bola Vatanga qaytarildi
20:12 / 2026-02-09

Chet elda ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan bolalarni Vatanga qaytarish bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruhning Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan navbatdagi xizmat safarida ham mazkur mamlakat hududida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 6 nafar voyaga yetmagan bola Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali Vatanga olib kelindi.

Ular vaqtincha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, zarur huquqiy, tibbiy va ijtimoiy tartib-taomillar o‘tkazildi.

6 nafar bolaning barchasi  belgilangan tartibda ota-onalari hamda yaqin qarindoshlariga topshirildi.

Joriy tizimli yondashuvga ko‘ra voyaga yetmaganlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi va moslashuv jarayonlari ularning keyingi yashash manzillari bo‘yicha ham “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davom ettiriladi.

Sherbek Islomov, O‘zA