Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar voyaga yetmagan bola Vatanga qaytarildi
17:07 / 2026-01-27

Bugun Rossiya Federatsiyasi hududida ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan bolalarni Vatanga qaytarish bo‘yicha amalga oshirilgan xizmat safari doirasida 14 nafar bola mamlakatimizga olib kelindi.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlarining o‘zaro hamkorligida tashkil etildi.

Bolalar Toshkent xalqaro aeroporti orqali mamlakatimizga yetib keldi. Ular belgilangan tartibda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.

Zarur hujjatlashtirish ishlari va tegishli tartib-taomillar yakunlanganidan so‘ng, 13 nafar bola ularni kutib olish uchun kelgan ota-onalariga topshirildi. Qolgan 1 nafar bola esa markaz xodimlari hamrohligida Andijon shahriga yuborilib, belgilangan tartibda onasiga topshiriladi.

Voyaga yetmagan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy hamrohlik qilish ishlari ularning keyingi yashash manzili bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davom ettiriladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA