Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimiz ahvoli o‘rganildi
16:05 / 2021-04-22

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Farg‘ona viloyati filiali mas’ul xodimlari Toshloq tumanidagi «Sadda» va «Axshak» mahalla fuqarolar yig‘inidan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketgan yoshlar xonadonlariga tashrif buyurdi.

Agentlik tomonidan tashkillashtirilgan holda yuborilgan fuqarolar xonadonlariga tashrif chog‘ida ularning ota-onalari bilan suhbat qilinib, haqiqiy holat o‘rganildi. Ba’zi fuqarolarning xorijda murakkab vaziyatga tushib qolgani, ularga Bandlik jamg‘armasi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi va ish topish bo‘yicha tegishli idoralarga murojaat qilish tartibi tushuntirildi.

Bir qator fuqarolar uy-joy olishga ehtiyoji borligini ma’lum qildi. Ularga uy-joy bilan ta’minlash masalasida Vazirlar Mahkamasining «Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» qarori bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi va kredit olish tartibi tushuntirildi.

Bundan tashqari suhbat davomida viloyat “Ishga marhamat” monomarkazi, Marg‘ilon shahridagi Qurilish sohasidagi malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazida tashkil etilgan bepul kasb-hunar va xorijiy tilga o‘qitish kurslarida tahsil olish, o‘z tadbirkorligini boshlashga ko‘maklashish, “labor-migration” dasturiy majmuasi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.