Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijda ishga joylashtirish va’dasi bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
15:05 / 2025-12-18

So‘nggi paytlarda xorijda ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilish orqali fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning pul mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish bilan bog‘liq holatlar kuzatilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlar davomida bunday firibgarlik holatlariga chek qo‘yilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro J.T.ni 7 ming AQSH dollari evaziga Norvegiya davlatiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, ushbu mablag‘lar hisobidan 84 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, Toshkent shahri Uchtepa tumanida ham xuddi shunday holat fosh etildi. Fuqaro S.G‘. fuqaro E.J.ning ishonchiga kirib, uni Latviya davlatiga borishi uchun Shengen vizasini olib berish hamda ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, 1 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hamroz Bayanov,

O‘zA