Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijda ham xaridorgir mahsulot
11:31 / 2016-09-09

Nurota tumanidagi “So‘g‘diyona non” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi mevani qayta ishlash sexida tayyorlanayotgan mahsulotlar xorijda ham xaridorgir.

Nurota tumanidagi “So‘g‘diyona non” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi mevani qayta ishlash sexida tayyorlanayotgan mahsulotlar xorijda ham xaridorgir.

– Ayniqsa, meva qaylasiga xorijdan ko‘p buyurtma tushmoqda, – deydi korxona rahbari Umid Qodirov. – Mevani qayta ishlash sexini tashkil etishda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankidan olingan 6 milliard so‘mlik kredit mablag‘i qo‘l keldi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning joriy yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori faoliyatimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etayotir. Mahsulot o‘zimizning 500 gektarlik intensiv bog‘imizda yetishtiriladi. Joriy yil bog‘ning 200 gektari to‘liq hosil berdi. Yil oxiriga qadar 2 ming tonna meva olib, qayta ishlashni rejalashtirganmiz. Ayni paytga qadar Buyuk Britaniya va Rossiyaga 250 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. Sexda mehnat qilayotgan 18 ishchining asosiy qismi yoshlardir.

Korxonada mahsulot yetishtirish hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Xususan, kelgusi yildan Gretsiya davlatiga ham eksportni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga ko‘ra, viloyatda joriy yilning birinchi yarimida 121,1 milliard so‘mlik 1024 loyiha amalga oshirildi. Bu 4 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi.