Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorij xabarlari (+video)
21:23 / 2026-01-29

Nipah virusi sababli Hindiston mahsulotlariga cheklov, Rossiya va Suriya rahbarlari uchrashuvi va Eronning AQSH tahdidlariga javobi

Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarning qisqa va ishonchli sharhi bilan «Xorij xabarlari» dasturining navbatdagi soni. Ushbu sonda Eronning AQSH tahdidlariga javobi, Pokistonda Imron Xon sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat, Kolumbiyadagi aviahalokat, Qirg‘izistonning Hindistondan importni cheklashi, Ozarbayjonda bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish tashabbusi hamda Suriya—Rossiya muzokaralari haqida so‘z boradi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7bkUKlNSbRk" title="Xorij xabarlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Eron AQSH tahdidlariga keskin javob berishga tayyor

AQSH prezidenti Donald Trampning tahdidli bayonotlaridan so‘ng Eron Tashqi ishlar vazirligi ehtimoliy hujumga “darhol va kuchli” javob qaytarilishini bildirdi. Rasmiy Tehron diplomatik yo‘llar ochiq ekanini aytgan bo‘lsa-da, suverenitetga tajovuz qat’iy qarshi olinishi ta’kidlandi.

Imron Xonning sog‘lig‘i xavf ostida ekani ma’lum qilindi

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonning ko‘zi jiddiy shikastlangani va u to‘liq tibbiy yordam ola olmayotgani xabar qilindi. The Guardian ma’lumotiga ko‘ra, u uzoq vaqt yakka kamerada saqlangan, vaqtida davolanmaslik ko‘rish qobiliyatiga doimiy zarar yetkazishi mumkin.

Keniyalik ekofaol 72 soat daraxtni quchoqlab rekord o‘rnatdi

22 yoshli Trufena Mutoni daraxtni uzluksiz 72 soat quchoqlab turib, Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. U bu harakati orqali atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatga ehtiyotkor munosabatni targ‘ib qildi.

Qirg‘iziston Hindistondan ayrim importni vaqtincha taqiqladi

Qirg‘iziston Nipah virusi xavfi sabab Hindistondan ayrim hayvonlar va ularning mahsulotlari importini vaqtincha to‘xtatdi. Virus hayvonlardan insonga yuqishi mumkin bo‘lgan xavfli infeksiya hisoblanadi va hozircha unga qarshi vaksina mavjud emas.

Kolumbiyada yo‘lovchi samolyoti halokati: 15 kishi vafot etdi

Kolumbiyada Satena aviakompaniyasiga tegishli Beechcraft 1900 samolyoti qulashi oqibatida bortda bo‘lgan barcha 15 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Samolyot Kukutadan Okaniyaga uchayotgan bo‘lgan, halokat sabablari o‘rganilmoqda.

Ozarbayjonda bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklash taklif etildi

Ozarbayjon parlamenti bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini tartibga solish masalasini muhokama qilmoqda. Taklifga ko‘ra, voyaga yetmaganlar uchun ruxsat etilgan kontent va foydalanish qoidalari joriy etilishi mumkin.

Suriya prezidenti Rossiya bilan harbiy bazalar masalasini muhokama qildi

Suriya prezidenti Ahmad Ash-Shar’a Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashib, Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalari va hududiy nazorat masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, iqtisodiy hamkorlik va Suriya hududiy yaxlitligini tiklash mavzulariga e’tibor qaratildi.

Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev (video), O‘zA