Tramp o‘zini Venesuela prezidenti deb e’lon qildi, Isroil G‘azoga yangi urushga hozir, Avstraliyada bolalar ijtimoiy tarmoqsiz qoldi
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pPv4yDVW2fo" title="Xorij xabarlari: Tramp o‘zini Venesuela prezidenti deb e’lon qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>- Donald Tramp o‘zini Venesuelaning vaqtincha prezidenti deb e’lon qildi. Rasmiy Venesuela hukumati buni tan olmadi — amaldagi vaqtincha prezident vazifasini Delsi Rodriges bajarayotgani ma’lum. Bu holat xalqaro siyosiy va diplomatik keskinlikni kuchaytirmoqda.
- Avstraliyada 16 yoshgacha bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi qat’iy taqiqlandi. Meta kompaniyasi birinchi haftada 550 ming akkauntni blokladi. Hukumat bu qarorni bolalarni zararli kontent va algoritmlardan himoya qilish zarurati bilan izohlamoqda.
- Ugandaning 81 yoshli prezidenti Yoveri Museveni yettinchi muddatga saylanmoqchi. Museveni 1986 yildan beri mamlakatni boshqarib keladi va bu safar ham nomzodlikka ruxsat olingan. Tanqidchilar esa hokimiyatni mustahkamlash yo‘lida muxolifat va institutlarni cheklash choralarini qayd etmoqda.
- Isroil G‘azo sektorida yangi harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rmoqda. SAHAL «Sariq chiziq» hududini surib, G‘azo nazoratini kengaytirish niyatida. HAMAS esa to‘liq qurolsizlanishni rad etmoqda; guruhda 60 mingga yaqin qurol va 20 ming harbiy mavjud.
- Eron bo‘ylab ommaviy noroziliklar hukumat nazorati ostiga olindi. 31 viloyat va 111 shahar qishloqda tarqalgan namoyishlar ayrim hududlarda zo‘ravonlikka aylangan. Qurbonlar xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi.
- Hindiston, Jarkxand shtatida yovvoyi fil so‘nggi to‘qqiz kun ichida kamida 20 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Fil hali qo‘lga olinmagan, hududda yuqori xavf e’lon qilingan va aholiga kechasi uydan chiqmaslik tavsiya etilmoqda.
Dunyoda bo‘layotgan voqealar shu bilan tugamaydi. Daqiqa sayin o‘zgarishlar, yangilanishlar bisyor. Ularni biz bilan birga kuzating.
Nozimbek Mardonov, Oybek Davronov (video), O‘zA