Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorij xabarlari: Rossiya hujumi sabab Kiyevning ayrim hududlari energiyasiz qoldi
22:17 / 2026-01-21

21 yanvar sanasida dunyo OAVlarida e’lon qilingan eng muhim xabarlarning ayrimlari bilan «Xorij xabarlari» dasturida tanishing. Dasturdan o‘rin olgan xabarlar haqida qisqacha: Barselona yaqinida poyezd halokati, Rossiya hujumi sabab Kiyev energiyasiz qoldi, Hindiston va BAA 200 milliard dollarlik savdo kelishuvi imzoladi, va boshqa muhim voqealar.

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/4y7NasOv5ig?si=px1aYAw0LyvY8yYO" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Barselona poyezd halokati

Ispaniyaning Barselona shahri yaqinida kuchli yomg‘ir sabab yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Poyezd mashinisti halok bo‘lgan, kamida 20 yo‘lovchi jarohat olgan. Temiryo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi, favqulodda xizmatlar hodisa joyida ishlamoqda.

Kiyev energiya infratuzilmasi hujum ostida

Rossiya tomonidan amalga oshirilgan havo hujumi Kiyevdagi muhim energiya infratuzilmasini nishonga oldi. Millionlab xonadonlar elektr va isitish tizimisiz qoldi. Favqulodda xizmatlar vayronalarni bartaraf etish bilan shug‘ullanmoqda, aholi vaqtincha isitish punktlariga yo‘naltirilmoqda.

Germaniya Jahon chempionatini boykot qilish masalasi

Germaniyada 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish masalasi siyosiy va jamoatchilik doiralarida bahsga sabab bo‘ldi. AQSHning Grenlandiya bilan bog‘liq bayonotlari va global xavfsizlik masalalari sport musobaqalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytilmoqda. Berlin rasmiylari boykot bo‘yicha qaror qabul qilmagan.

Uganda prezidenti yana g‘alaba qozondi

Ugandada 2026 yilgi prezidentlik saylovlarida Yoveri Museveni 71,65 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. U mamlakatni navbatdagi muddat davomida boshqaradi. Muxolifat vakillari saylov natijalarini tan olmayotganini bildirgan va mustaqil tekshiruv talab qilmoqda.

Hindiston va BAA 200 milliard dollarlik kelishuvga erishdi

Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari ikki tomonlama savdo hajmini 2032 yilga qadar 200 milliard dollargacha yetkazishni maqsad qilgan kelishuvga erishdi. Kelishuv savdo, logistika, sanoat, investitsiya va energetika sohalarini qamrab oladi. Hindistonga 10 yil muddatga LNG yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Dunyo moliya bozorlari faollashdi

21 yanvar kuni Donald Trampning Davosdagi Jahon iqtisodiy forumidagi nutqi arafasida moliya bozorlari faollashdi. Investorlar xavfsiz aktivlarga talabni oshirdi, natijada oltin narxi rekord darajaga ko‘tarildi. Kanada va Buyuk Britaniya bozorlarida ham o‘zgarishlar kuzatildi.

Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev O‘zA