English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorij xabarlari: Liviyaning Kufra shahrida yashirin qamoqxona aniqlanib, 200 dan ortiq muhojir ozod qilindi (+video)
21:16 / 2026-01-19

Dunyoda yuz berayotgan eng muhim voqealarning ayrimlarini biz bilan birga kuzating: Donald Trampning yangi «Tinchlik kengashi» tashabbusi, Ilon Maskning OpenAI va Microsoftʼga qarshi milliardlab da’volari, Suriyadagi yangi kelishuv, Liviyada ozod etilgan muhojirlar, Yevropa davlatlarining Grenlandiya bo‘yicha qo‘shma bayonoti hamda jahonni hayratga solgan noyob sapfir haqidagi so‘nggi xabarlarni xorij xabarlarida ko‘ring.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AFUSGB7zcIQ" title="Xorij xabarlari: Liviyada yashirin qamoqxona aniqlanib, 200 dan ortiq muhojir ozod qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Tramp yangi «Tinchlik kengashi» tuzishni taklif qildi

Bloomberg xabar berishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp xalqaro «Tinchlik kengashi» tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Kengashga doimiy a’zolik uchun 1 milliard dollar talab etiladi, qarorlar esa Tramp tasdiqlamasdan kuchga kirmaydi.

Ilon Mask OpenAI va Microsoftʼga qarshi 134 milliard dollarlik da’vo kiritdi

Ilon Mask OpenAI va Microsoftʼni sudga berib, ulardan 134 milliard dollargacha tovon puli talab qilmoqda. U kompaniya rivojiga katta hissa qo‘shganini ta’kidlamoqda.

Xalqaro Migratsiya Tashkiloti 2026 yil rejasini e’lon qildi

XMT 2026 yil uchun Inqirozga javob rejasini taqdim etdi. Rejaga ko‘ra, 22,7 million insonga yordam ko‘rsatish uchun 2,5 milliard dollar talab etiladi.

Shri-Lankada dunyodagi eng yirik sapfir namoyish etildi

Og‘irligi 3563 karat bo‘lgan «Star of Pure Land» sapfiri ommaga taqdim etildi. Uning qiymati 300–400 million dollar deb baholanmoqda.

Suriyada hukumat va Suriya Demokratik Kuchlari kelishuvga erishdi. Tomonlar shimoli-sharqda xavfsizlikni ta’minlash, o‘t ochishni to‘xtatish va hududlarni davlat nazoratiga qaytarish bo‘yicha kelishuvga keldi.

Liviyada yashirin qamoqxonadan 200 dan ortiq muhojir ozod qilindi

Kufra shahrida yer osti qamoqxonasi aniqlanib, undan 200 nafardan ortiq muhojir ozod etildi. Jinoyat bo‘yicha bir gumonlanuvchi sudga berildi.

Yevropaning 8 davlati Grenlandiya xavfsizligini qo‘llab-quvvatladi

Yevropaning sakkiz davlati Arktika xavfsizligi va Grenlandiya suverenitetini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma bayonot e’lon qildi.

Fransiya parlamentida NATOdan chiqish tashabbusi muhokamada

Fransiyada NATOdan chiqish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasi tayyorlandi. Tashabbus mamlakatning harbiy va diplomatik mustaqilligini oshirishga qaratilgan.

Nozimbek Mardonov, D.Yokubov O‘zA