Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorij xabarlari: AQSH, Ukraina va Rossiya rahbarlari Abu-Dabida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazadi (+video)
21:44 / 2026-01-23

Dunyoda sodir bo‘layotgan eng muhim voqealarning ayrimlarini sizga «XORIJ XABARLARI» dasturi orqali yetkazamiz. AQSH, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi Abu-Dabi muzokaralari, Yangi Zelandiyadaga ko‘chki, Venesuelada neft sohasidagi tarixiy qaror, Indoneziyadagi samolyot halokati va boshqa dolzarb xalqaro yangiliklarning tafsilotlari bugungi ko‘rsatuvimizda.

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/wkk06GLv-Wc?si=WRN-2wDbSCqm-tPq" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

AQSH, Ukraina va Rossiya rahbarlari Abu-Dabida uch tomonlama muzokaralarga yo‘l oldi.

23–24 yanvar kunlari BAAda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvning asosiy maqsadi Ukrainadagi urushni yakunlash va tomonlar o‘rtasida diplomatik kelishuvga erishishdan iborat. Muzokaralarda harbiy to‘qnashuv oqibatlari, hududiy xavfsizlikni mustahkamlash hamda tinchlikni ta’minlash masalalari muhokama qilinadi. Ekspertlar ushbu uchrashuvni mintaqaviy barqarorlik yo‘lida muhim qadam sifatida baholamoqda.

Yangi Zelandiyada yirik ko‘chki

Shimoliy orolda, Maunganui tog‘i yaqinida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida bir nechta uy va infratuzilma zarar ko‘rdi. Favqulodda xizmatlar qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Bedarak yo‘qolganlar orasida o‘smirlar ham bor. Mahalliy aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.

Venesuela neft sohasini xususiylashtirishga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qilmoqda

Venesuela Milliy assambleyasi xorijiy kompaniyalarga, jumladan AQSH korxonalariga mamlakat neft resurslariga kirish imkonini berishni nazarda tutuvchi tarixiy qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Mutaxassislar ushbu tashabbus iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun muhim deb baholamoqda.

Indoneziyada yo‘qolgan samolyot halokati tasdiqlandi

Janubiy Sulavesi hududida yo‘qolgan ATR 42–500 rusumli samolyot qoldiqlari topildi. Bortda bo‘lgan 7 nafar ekipaj a’zosi va 3 nafar yo‘lovchining barchasi halok bo‘lgani rasman tasdiqlandi. Samolyot baliqchilik faoliyatini nazorat qilish vazifasini bajarayotgan edi.

Peruda prezident impichment xavfi ostida qoldi

Prezident Xose Jerining xitoylik tadbirkorlar bilan maxfiy uchrashuvlar o‘tkazgani aks etgan videolar tarqalishi mamlakatda siyosiy inqirozga sabab bo‘ldi. Parlament a’zolari impichment jarayonini boshlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Chexiyada ekologik tahdid: ichimlik suvi xavf ostida

Chexiyaning Janubiy Moraviya mintaqasida joylashgan Podiyi milliy bog‘ida sigir go‘ngi saqlanadigan rezervuar yorilishi oqibatida taxminan 3 ming kub metr chiqindi Diye daryosiga oqib tushdi. Rasmiylarga ko‘ra, zararli moddalar miqdori me’yordan to‘rt barobar yuqori.

Janubiy Xitoy dengizida yuk kemasi cho‘kdi

Singapur bayrog‘i ostidagi yuk kemasi noqulay ob-havo sharoiti tufayli halokatga uchradi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan. Qutqaruv va izlash ishlari davom etmoqda.

Нозимбек Mardonov, Oybek Davronov O‘zA