Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorij OAV: Toshkent xalqaro investitsiya forumi – yilning muhim voqeasi
11:21 / 2024-04-26

Germaniyaning ommabop “wallstreet-online.de” saytida 2-3-may kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan maqola joylashtirildi. Nashr yozishicha, 2023-yil O‘zbekistonda yo‘naltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya qiymati 19,5 milliard dollarni tashkil etib, 93 foiz o‘sgan. 2030-yilga borib ushbu ko‘rsatkich 250 milliard dollarga yetishi kutilyapti. Tashqi savdo aylanmasi esa rekord darajadagi 62,6 milliard dollarga ko‘tarilgan.

Shu nuqtayi nazardan Toshkentda bo‘lib o‘tadigan nufuzli anjuman energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, turizm, konchilik, raqamli iqtisodiyot kabi turli sohalarda sarmoyaviy imkoniyatni kengaytiradigan muhim voqeadir.

– Forum xorijiy investorlar uchun Yangi O‘zbekistonga kirish imkonini beradi, – deya qo‘shimcha qiladi muallif. – Tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatning “O‘zbekiston-2030” strategiyasiga muvofiq o‘sishi va rivojlanishini jadallashtirish.

Qayd etilishicha, mazkur anjuman shu paytgacha respublika istiqbolini belgilash, xususan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya miqdorini ko‘paytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga, shuningdek toza energiyaga sarmoya ko‘lamini sezilarli ravishda oshirishga hissa qo‘shgan.