Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorij mutaxassislari mamlakatimiz farmatsevtika sanoati imkoniyatlari bilan tanishtirildi
11:51 / 2022-10-20

Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan “IRAN PHARMA 2022» VII Xalqaro farmatsevtika ko‘rgazmasida mamlakatimiz Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Ko‘rgazma doirasida agentlik mas’ul xodimlari xorijning bir qator ilg‘or farmatsevtik kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.

Jumladan, Eronning yirik eksportchi korxonalaridan iborat “Tamin Pharmaceutical Investment Co.» (TPICO) xolding farmatsevtika kompaniyasi rahbariyati bilan muloqot qildi.  

Bundan tashqari, Eron farmatsevtika sanoati tashkiloti, Sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim ishlari vazirligi mutasaddilari hamda xalqaro departament ekspertlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.  

Ushbu uchrashuvlarda xorij mutaxassislari mamlakatimiz farmatsevtika sanoati, so‘ngi yillarda bu borada yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Jizzax viloyatida «Zomin-farm» erkin iqtisodiy zonasida farmatsevtika mahsulotlari va tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejasi prezentatsiya qilindi.  

Eronlik mutaxassislar O‘zbekiston tomonidan mahalliy korxonalariga kelib tushgan takliflarni o‘rganib, tashabbuskorlarning loyihalarini taqdim etishini bildirdi.  

Mazkur chora-tadbirlar yaqin kelajakda Eron farmatsevtik kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlab, qo‘shma korxonalarni tashkil etish orqali O‘zbekistonda dolzarb bo‘lgan farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqarish va importini amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi, deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabarida.  

M.Qosimova, O‘zA