Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida
O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2025 yil yanvar-sentyabr oylarida 24,9 milliard dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilingan, deb yozdi "Azfront" yangiliklar kanali.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatga kirib kelgan sarmoyadorlarning aksari Xitoy (39,9 foiz), Rossiya (7,8 foiz) va Turkiya (7,7 foiz)ga tegishli. Shuningdek, Saudiya Arabistoni (3,8 foiz), Germaniya (3,5 foiz) va Buyuk Britaniya (3,3foiz) ham ayni jarayonga salmoqli hissa qo‘shgan.
S.Rahimov, O‘zA