Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida
“WAM” axborot agentligi “O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov Birlashgan Arab Amirliklaridagi Musulmon jamiyatlari xalqaro kengashi Bosh direktori Xolid Xalifa Ka’biy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi” sarlavhali maqola e’lon qildi.
Muallif muzokara chog‘ida tomonlar hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qilganini bayon etgan.
Maqolada, shuningdek, mehmonlar mamlakatimizdagi mashhur islomiy obidalardan tashqari, Islom akademiyasi, Moturidiy ilmiy tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom al-Buxoriy instituti kabi qator diniy va ilmiy muassasalarda bo‘lgani ta’kidlangan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Xalq ta’limi vazirligi, yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari, maktablarga tashrif buyurib, uchrashuvlar o‘tkazgani yoritilgan.
Muharrama Pirmatova,
O‘zA