Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida
Qatar davlati axborot agentligi – QNA “O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Qatar elchisi bilan uchrashdi” sarlavhali maqola e’lon qildi.
Maqolada davlatimiz rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatar Davlatining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashgani, muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik holati ko‘rib chiqilgani bayon etilgan. Shuningdek, kun tartibidagi keng qamrovli masalalar muhokama qilingani, aloqalarni yangi pog‘onaga ko‘tarish yuzasidan fikr almashilgani ta’kidlangan.
Muharrama Pirmatova,
O‘zA