Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida
16:41 / 2024-03-19

Qatar davlati axborot agentligi – QNA Amir Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Lusayl saroyida O‘zbekiston Respublikasining mamlakatdagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi Ashraf Xodjayevdan ishonch yorlig‘ini qabul qilgani haqida yozdi.

Mamlakatimizning Dohadagi elchixonasi 2023-yil dekabrda ochildi. O‘tgan yil may oyida Toshkentda Qatar diplomatik vakolatxonasi ish boshlagan.

43 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi TDSHU), Milliy universitet va Pekin universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega. Tizimdagi faoliyatini 2005-yil referent sifatida boshlagan. Keyin vazirlik markaziy boshqaruv tizimida, Nyu-Yorkda, O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida, Buyuk Britaniyadagi elchixonamizda turli lavozimlarda ishlagan.

2018-yildan buyon TIV Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshqarma, bosh boshqarma boshlig‘i va direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA