Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorgosda Shinjon va Markaziy Osiyo yoshlari festivali boshlandi
21:42 / 2025-11-30

Xitoyning Shimoli-g‘arbiy qismidagi Shindon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xorgos shahrida "Shinjon-Markaziy Osiyo yoshlar san’ati festivali" ochildi, deb xabar berdi "Chjungo sinvenshe" axborot agentligi.

Uch kunlik tadbirda Xitoy, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan 100 ga yaqin ishtirokchi to‘plangan.

Anjuman Markaziy Osiyo san’ati ko‘rgazmasi bilan ochildi. Namoyishga qo‘yilgan suratlar sivilizatsiyalar o‘rtasidagi almashinuv jarayonini aks ettirgan.

Festival hamkor davlatlar yoshlarida o‘zaro hurmat hissini kuchaytirishi barobarida, samarali tajriba almashish uchun o‘ziga xos maydondir.

M.Pirmatova, O‘zA