Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmning turizm almashinuvlarini jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi
13:52 / 2024-04-11

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov, viloyatning barcha tuman va shahar hokimlari, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Onlayn shaklda o‘tgan yig‘ilishda viloyatning xorijiy hamkorlar bilan iqtisodiy yo‘nalishdagi aloqalarini faollashtirish hamda turizm almashinuvlarini jadallashtirish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizning xorijdagi elchilari tomonidan energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm, farmatsevtika, ekologiya, ichimlik suvi bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash va boshqa bir qator sohalarda birgalikda loyihalar amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

Shuningdek, viloyatga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish hamda ijtimoiy mohiyatga ega bo‘lgan loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha tizimli va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlik qilish zarurligi qayd etildi.