Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmliklar ham saylovda faol ishtirok etmoqda
11:14 / 2024-10-27

Xorazm viloyatida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Ayni damda viloyatdagi 553 ta saylov uchastkasida har bir saylovchi qonun bilan kafolatlangan ovoz berish huquqidan foydalanib, o‘z xohish-irodasini bildirmoqda.  

Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov Urganch shahridagi 28-saylov uchastkasida o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

Viloyat hokimi saylov uchastkasida nuroniylar, ilk marta ovoz berayotgan yoshlar bilan bugun o‘tkazilayotgan saylovlar haqida suhbatlashdi.

Ta’kidlash joizki, saylov kampaniyasida ishtirok etishiga ijozat berilgan beshta siyosiy partiya tomonidan Xorazm viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatligiga ko‘rsatilgan jami 1750 nafar nomzod ro‘yxatga olingan.  

[gallery-20028]

Viloyat bo‘yicha saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga 1 063 714 nafar saylovchi kiritilgan.  

Saylovda ilk marotaba qatnashadigan yoshlar 15 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.

Xorazmdagi saylov uchastkalarida saylovchilarning ovoz berishi uchun barcha qulaylik yaratilgan. Hozir ovoz berish yuqori ko‘tarinkilik bilan davom etmoqda.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov(surat), O‘zA muxbirlari