English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmlik yosh huquqshunoslar saralandi
15:28 / 2025-10-31

Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Huquqshunoslik” fani olimpiadasining Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada  Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan viloyatdagi 13 ta umumiy o‘rtata’lim maktabining 8, 9, 10, 11-sinflarida “Davlat va huquq asoslari fani”dan a’lo baholarga o‘qigan hamda olimpiadaning tuman (shahar) bosqichlarida  birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.

O‘quvchilarning bilimlari huquqiy testlar, muammoli vaziyatga huquqiy yechim topish hamda nazariy savollarga javob yozish kabi shartlar asosida sinovdan o‘tkazildi.

Mazkur shartlar davomida ishtirokchilarning bilimi hududiy tashkiliy qo‘mita tomonidan baholanib, yakuniy natijalarga ko‘ra Gurlan tumanidagi 42-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Kumush Komiljonova, shu maktabning 9-sinf o‘quvchisi Mardona Rimboyeva, Xiva shahridagi 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Azizbek Qodirberganov hamda  Xiva tumanidagi 20-maktabning 11-sinf o‘quvchisi  Jo‘rabek Jumaniyozov o‘z tengdoshlari orasida g‘olib deb topildi.  

[gallery-26014]

Ular shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.  

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari