Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmlik yigitlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi
20:47 / 2026-03-05

Urganch shahrida chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kuzatish marosimida viloyat hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, bo‘lajak askarlar, ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar  bo‘lg‘usi askarlarga Vatan himoyasi yo‘lidagi sharafli xizmatlarida omad tiladi.

[gallery-28001]

Marosimda milliy armiyamiz saflariga mazkur chaqiruv davlatimiz rahbarining 2026-yil 2-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi  qaroriga asosan  amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.  

Shundan so‘ng, Xorazmlik yoshlarning navbatdagi guruhi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari saflarida xizmat qilish uchun belgilangan hududlarga jo‘natildi.  

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari