Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmlik san’atkorlar Bandixonda
14:30 / 2026-01-17

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida “Xorazm maqom kechasi” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tumandagi 17-bolalar va musiqa san’at maktabi konsert zalida bo‘lib o‘tgan madaniy kechada Xorazm maqom ansambli hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artistlari aka-uka G‘ofurjon va G‘ulomjon Eshchonovlar elimiz suygan qiziqarli dasturlari bilan san’at muxlislariga bir olam quvonch ulashdi. 

“Savti suvvora”, “Dog‘man”, “Sodirxon ushshog‘i” kabi Xorazm maqomining betakror namunalari, Komiljon Otaniyozov, Rahmatjon Qurbonov, Ortiq Otajonov va Otajon Xudoyshukurov singari mashhur san’atkorlarning xalqimiz sevib tinglaydigan kuy-qo‘shiqlari jonli ijro etildi.

Maqom kechasi milliy madaniy merosimizni asrab-avaylab, xalqimizning nafis san’atimizga mehr-muhabbatini yanada kuchaytirish va Xorazm maqom an’analarini keng targ‘ib etishga xizmat qilgani bilan tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA