Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmlik pedagoglar sinovdan o‘tmoqda
15:46 / 2025-10-22

Xorazm viloyatida malaka test sinovlariga start berildi. Sinovlar Urganch shahridagi 17-umumta’lim maktabida tashkil etilgan Malaka sinov markazida bo‘lib o‘tmoqda.

Umumta’lim maktablari o‘qituvchi - pedagoglari malaka test sinovlarida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, malaka test sinovlari Xorazm viloyatida joriy yilning 21 oktyabridan 12 noyabrga qadar o‘tkazilishi belgilangan.  

– Mamlakatimiz umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning bilim va malakasini yuksaltirish, bilimlarini baholash, shu orqali ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash, daromadlarini oshirish masalalari alohida e’tiborga olingan.  Xususan, shu kunlarda mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan malaka test sinovlari ham ana shu yo‘nalishdagi ishlardan biridir, – deydi Xorazm viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tursunjon Nurmetov. – Malaka test sinovlari belgilangan fanlar bo‘yicha o‘z muddatlarida o‘tkaziladi. Sinovlarning yuqori saviyada o‘tkazilishi uchun zarur barcha sharoit yaratilgan.   

[gallery-25858]

Ta’kidlash lozim, malaka test sinovi o‘qituvchilarni o‘z ustida tinimsiz ishlashga, bilimlarini muntazam boyitib borishga undovchi muhim tadbirlardan hisoblanadi. Mamlakatimizda pedagoglarni moddiy rag‘batlantirish hamda ularning malakasiga yarasha toifa berish orqali o‘zaro sog‘lom raqobat muhitini yaratishga ham xizmat qiladi.  

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari