English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmlik jurnalistlar Namanganda
17:00 / 2023-06-06

Namangan shahrida davom etayotgan 62-Xalqaro gullar festivali o‘zining go‘zalligi bilan dunyoning minglab turistlarini, qolaversa respublikamizning barcha hududlaridan kelayotgan ko‘plab mehmonlarni ham o‘ziga rom etmoqda.

Go‘zallik va nafosat bayramini so‘nggi ikki hafta ichida to‘rt milliondan ziyod sayyohlar tomosha qilgan. Jumladan, Xorazm viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan vohada faoliyat yuritayotgan shahar, tuman hokimligi axborot xizmati rahbarlari gullar diyoriga tashrif buyurdi.  

– Namanganga o‘zining toza havosi ayniqsa, betakror gullari bilan bizni maftun etdi. Shu bilan birga so‘lim go‘shaga kelayotgan sayyohlar, mehmonlar oqimi bizni hayratga soldi, – deydi Xorazm viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchonova. – Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i bayramona bezatilgan. Xiyobondagi takrorlanmas gullar hammaning e’tiborini tortdi. Ularda tabiat va inson mehnati uyg‘unlashib ketgan. Buni Namanganga kelgan har bir mehmon, sayyoh his etadi. Gullar festivali sabab hamkasblar faoliyati bilan tanishish, tajriba almashishga muvofiq bo‘ldik. Mehmonlar “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Namangan filiali axborot xizmati rahbari Dilshodbek Abduvosiyev bilan uchrashdi. Tajriba almashish istagidagi axborot xizmatlari rahbarlari yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.  

– Bugungi kunda aholi murojaatlari bilan keng ko‘lamda ishlar olib borilishi sir emas. Axborot xizmati rahbarining bu boradagi mas’uliyati katta. Mana shunday zamon talablariga mos tarzda soha vakillariga e’tibor qaratilishi bizlarga ma’qul keldi, – deydi Xorazm viloyatining Yangibozor tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari Umida Nurmatova. – Muhimi, har bir ishga mas’uliyat bilan yondashilgani yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Viloyat markaziga ko‘rk bag‘ishlab turgan, “Matbuot uyi”da bo‘lib o‘tgan muloqotlar samimiy ruhda kechdi. “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalari jamoasi har bir xona va bu yerda yaratilgan sharoitlar kasbdoshlarda yaxshi taassurot qoldirdi. Qariyb 2,6 milliard so‘m evaziga qayta ta’mirlangan ushbu maskanda nafaqat viloyat gazetalari tahririyati, qolaversa, O‘zbekiston Milliy axborot agentligining hududiy muxbirlik punkti, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyati bo‘limi hamda bir qator mahalliy bosma va elektron nashrlar faoliyat yuritib kelmoqda.  

Mehmonlar shuningdek, Namangan viloyatining Uychi tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadali Qambarov faoliyati bilan ham  tanishdilar.  

– Biz tuman hokimlarining matbuot kotiblari ish faoliyati bilan tanishar ekanmiz, avvalo vodiy viloyatida barcha zarur sharoitlar va qulay imkoniyatlar yaratilganligi e’tiborimizni tortdi, – deydi Xorazm viloyatining Hazorasp tumani Axborot xizmati rahbari Jamila Usmonova. – Samimiy, talabchan, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallar va tuman hokimligi veb-saytini yuritilishi rostdan ham o‘rganishga arziydi. Muhimi, Uychi tumani hokimi matbuot kotibining insoniy fazilatlariga bo‘lgan mehrim ortdi. Olti yetim bolani qaramog‘iga olib, ularni o‘g‘illarim, – deya faxrlana olayotgani, jonkuyarligi bizni birdek hayajonga soldi.  

Shundan so‘ng jurnalistlar Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – Yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi. O‘zaro fikr va tajriba almashinuvi muloqotlarida Xorazm viloyatining Gurlan, Xonqa, Urganch tumanlari hokimliklarining axborot xizmati rahbarlari faol ishtirok etdi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA