Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmlik g‘allakorlar g‘alla topshirish bo‘yicha shartnoma rejasini bajardi
08:54 / 2024-06-17

O‘tgan kuzda Xorazm viloyatida g‘allachilik fermer xo‘jaliklari tomonidan 33 ming 200 gektar maydonga don sepilib, agrotexnologiya talablari asosida parvarishlangani natijasida mo‘l hosil yetishtirildi. Hosilni qisqa muddatda yig‘ib olish uchun 150 tadan ortiq yuqori unumli zamonaviy kombayn tayyorlanib, g‘allani o‘rish va qabul maskanlariga tashish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Viloyat dehqonlari 84 ming 400 tonnadan ortiq g‘allani davlat zaxirasi va birja savdolari uchun yetkazib berib, shartnoma shartlarini oshig‘i bilan bajardilar. Viloyat dalalarida hali hosil cho‘g‘i baland, o‘rim-yig‘im ishlari qizg‘in davom etmoqda.

A.Shokirov, O‘zA muxbiri