Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmdagi yangi harbiy markaz ilk “qaldirg‘ochlari”ni chiqardi
12:34 / 2021-12-20

“Yangiariq” umumqo‘shin poligoni negizida harbiy xizmatchilarning cho‘l sharoitida yashovchanligini oshirish, og‘ir ekstremal vaziyatlarda yashab qolish sirlarini o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan yangi harbiy markazda ilk bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.


Iqlimi o‘zgaruvchan, cheksiz qumliklardan iborat bo‘lgan hududlarda birinchi navbatda harbiy xizmatchilarning yashovchanligini oshirish, qo‘yilgan jangovar vazifa sifatli bajarilishiga erishish maqsadida poligon negizida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘linmalarini cho‘l sharoitida tayyorlash markazi yaratilib, unda birinchi 14 kunlik o‘quv kursini tamomlagan 48 nafar harbiy xizmatchiga tegishli sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.

Tantanali bitiruv marosimida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari ishtirok etib, yaratilgan ushbu markaz hududimiz iqlimi, relefi va tabiiy sharoiti bilan harbiy xizmatchilarni cho‘l hududida yashay olishga va jangovar vazifalarni sifatli bajarishga o‘rgatishi bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. Bu yerda o‘rganuvchilar tomonidan olingan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar, endilikda harbiy jamoalarda ham keng targ‘ib etilishiga ishonch bildirildi. 

Darvoqe, bugun Xorazm viloyatidagi kuch tuzilmalarining jangovar tayyorgarlikdan amaliy mashg‘ulot jarayonlarini o‘tkazish uchun 4 ming gektar yer maydoniga ega bo‘lgan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining “Yangiariq” umumqo‘shin poligoni barcha qulayliklarga ega bo‘ldi. 

Bo‘linmalarni cho‘l sharoitida tayyorlash markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun poligon hududidagi harbiy topografiya, razvedka, otish va tibbiy tayyorgarliklar, shuningdek, yashovchanlikni oshirish xonalaridan iborat o‘quv binosi, ko‘rgazmali eksponatlarga ega bo‘lgan hamda amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga mo‘ljallangan ikkita yashovchanlik shaharchasi, 150 o‘rinli yotoqxona hamda markaz shaxsiy tarkibining xizmat xonalari ajratildi. Shuningdek, poligondagi boshqa ijtimoiy va jangovar tayyorgarlik ob’ektlari markazda tahsil oladigan harbiy xizmatchilarga xizmat ko‘rsatishi belgilandi.

Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan Yashovchanlik shaharchasida sahroda va suv topish, tozalash hamda zaxirasini yaratish, ov qilish, oziq-ovqat zaxirasini g‘amlash, ovqat tayyorlash, tibbiy yordam ko‘rsatish, hududda bo‘linmalarning joylashuvi uchun pana joylarini jihozlash hamda niqoblash, kuzatuv ishlarini olib borish kabi o‘quv joylari barpo etildi. 
Ta’kidlash joizki, yaratilgan barcha ob’ektlar hududdagi mavjud bo‘lgan mahalliy predmet va o‘simliklardan qo‘lbola usulda yasalishiga, joyga mos holda niqoblanishiga alohida e’tibor qaratildi.

 

O‘zA