Yangi yilni barchamiz intizorlik bilan kutamiz. Bolalikdan Yangi yil bayrami mo‘’jizalar, yangi quvonchlar, yangi orzular olib keluvchi bayram sifatida xotiramizda qolgan. Bu yil ham
Xorazm viloyatida yangi yil bayramini yuksak darajada nishonlash bo‘yicha katta tayyorgarlik ko‘rildi. Urganch shahrida uchta, boshqa tuman va shaharlar markazlarida o‘rnatilgan yangi yil archalari atrofida bayramga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Deyarli barcha markaziy ko‘chalarga rang-barang chiroqlar ilindi. Markazda bezatilgan ulkan bayram archasi atrofida qorbobolar karvoni kezib yuribdi, insonga o‘zgacha iliqlik bag‘ishlaydigan konsert dasturlari, bolajonlar uchun shou dasturlar tashkil etilmoqda.
Bayramga tashrif buyuruvchilar arzonlashtirilgan yarmarkalar orqali yaqinlariga, oila a’zolariga ham sovg‘alar xarid qilishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Viloyatning barcha tumanlaridagi mavjud dehqon bozorlarida uyushtirilgan alohida rastalardagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida dehqon va fermer xo‘jaliklari yetishtirgan turli xil oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan aholiga xizmat ko‘rsatilmoqda.
Bozorlar to‘kinligi rizq-ro‘zimiz butunligidan dalolatdir. Viloyatning barcha tumanlarida, eng chekka hududlarida arzonlashtirilgan yarmarkalar, ko‘chma savdo do‘konlari tashkil etilib, bayram kunlarida oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda aholiga taqdim etilmoqda.
--Kecha oilamiz bilan Urganch shahridagi yangi yil archasini tomosha qilishga bordik,-- deydi urganchlik uy bekasi Sevara Shomurodova. – Bayramona bezatilgan shahrimiz yanada chiroy ochgan. Odamlarning kayfiyatlari a’lo darajada. Savdo yarmarkasidan o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan mahsulotlarni arzon narxlarda sotib oldik. Oziq-ovqatdan tashqari kiyim-kechaklar ham ma’qul narxlarda sotilmoqda. Bir-birimizga sovg‘alar oldik. Farzandlarim mazza qilib archa atrofida o‘ynadi. Bayram teatrlashgan sahna ko‘rinishlariga ulanib ketdi. Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari ishtirokidagi bayram tomoshasi bolajonlarimga unutilmas quvonchli lahzalarni hadya etdi.
<iframe width="695" height="391" src="https://www.youtube.com/embed/Qwb3R1kawj4" title="Xorazmda yangi yil shukuhi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Yangi yil bayramini ko‘ngildagidek o‘tkazishda osoyishtalikni saqlash, huquq-tartibotni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada Xorazmdagi tegishli idoralar tomonidan bayram arafasida va bayram kunlari tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar reja asosida amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda ham viloyatimizda ichki ishlar tizimida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilayotir.
Viloyatdagi jami 15 ta joyga o‘rnatilgan yangi yil archasi atrofida xavfsizlik shtablari tashkil etilgan bo‘lib, tadbirlar bo‘lib o‘tadigan joylarga 134 ta, shundan 50 ta inson yuzidan tanib oluvchi kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan. Kirish joylarida postlar tashkil etilgan.
--Tinchlik va xotirjamlik – oliy ne’mat. Shuning uchun ham tinch va farovon yurtga bayramlar yarashadi. Biroq ana shu hotirjamlikni ta’minlash uchun bayram kunlari hushyorlik va sergaklikni har doimgidan ko‘ra oshirib, bayramning tinch va osoyishta o‘tishi uchun mas’ul kishilar tunni tongga ulab xizmat qilishi lozim,-- deydi Xorazm viloyat IIB JXX JTSB boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Sultonov.-- Hozirgi murakkab zamon tinch-osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlash, xalqimizning kafolatlangan xavfsizligini ta’minlash masalasini yanada dolzarb qilib qo‘ymoqda. Buning uchun doimo ogoh va sergak bo‘lib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish talab etilayotir. Ichki ishlar idoralarining faoliyati ham ana shu asosda takomillashtirilmoqda.
Barcha hududlar odamlar bilan to‘la, markazga o‘rnatilgan sahnalarda estradamiz taniqli san’atkorlari tomonidan kechayu kunduz konsert dasturlari, turli shou va festivallar ham tashkil etilmoqda.
Ayni kunlarda viloyat bo‘ylab “Qorbolar karvoni” ham o‘tkazilmoqda. 300 nafardan ortiq Qorbobo va Qorqiz ko‘rinishidagi ko‘ngillilar ertak qahramonlari timsolidagi animatorlar va sozandalar bilan birgalikda shahar va tumanlarning markaziy ko‘chalari bo‘ylab piyoda yurib, yangi yil archasi atrofidagi aholining kayfiyatini ko‘tarishmoqda.
Xullas, Xorazmda Yangi yil shukuhi kezmoqda. Ayniqsa, oqshom paytida sayr qilsangiz, ko‘cha chiroqlari, bayramona bezatilgan joylar va yangi yil archalari atrofida yurgan kishilarni ko‘rib, dilingiz yayraydi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Qwb3R1kawj4" title="Xorazmda yangi yil shukuhi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov(surat, video), O‘zA muxbirlari