FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Urganch shahrida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tashkil etilganining 30-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Xorazm viloyati bo‘limi, viloyat hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Dastlab jangchi-faxriylar harbiy orkestr sadolari ostida Urganch shahri Xotira maydonidagi haykal poyiga gulchambarlar qo‘ydi.
Tadbirda nuroniylar va Qurolli Kuchlar faxriylari, hududdagi harbiy qism, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi a’zolari, faol yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-16843]
So‘ng ishtirokchilar e’tiboriga madaniy-ko‘ngilochar dastur namoyish etildi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA