Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Dastlab harbiy-ma’muriy sektor, huquqni muhofaza qilish idoralari va keng jamoatchilik vakillari Jaloliddin Manguberdi haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, buyuk sarkarda va Vatanimiz ozodligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Shundan so‘ng, bayram tadbiri viloyat musiqali drama teatrida davom etdi.
Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov Vatan himoyachilarini qutlug‘ sana munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Viloyat hududida joylashgan harbiy qismlarga, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda yuqori kasbiy mahorati bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga viloyat hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-27115]
San’at ustalari tomonidan ijro etilgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan sahna ko‘rinishlari bayram ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Bayram viloyatning shahar va tumanlarida ham keng nishonlanmoqda.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari