Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda sog‘lig‘ida muammosi bor aholi vakillariga yordam ko‘rsatildi
16:04 / 2023-05-04

Xorazmda "Mahalla" xayriya jamoat fondi, uning huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan o‘tgan to‘rt oy mobaynida nogironligi hamda surunkali kasalliklari bor, ammo ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 8 ming 538 nafar aholi vakillari sog‘lig‘ini tiklash, sog‘lom hayot davomiyligini uzaytirish maqsadida 3 milliard 383 million so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi.

Ajratilgan va yo‘naltirilgan ana shu pul mablag‘i hisobiga kimdir tayanch harakat, yana kimdir hazm qilish tizimi va boshqa a’zolari bilan bog‘liq kasalliklardan forig‘ bo‘lib, o‘z oilalari bag‘riga qaytdi. Shovot tumanining “Yangi-bo‘rloq” mahallasida istiqomat qilayotgan Hasan Otajonov ham bu imkoniyatdan unumli foydalandi. Jigar tizimidagi muammo yetarlicha pul mablag‘i bo‘lmaganligi sabab, ko‘p yillardan buyon uni qiynab kelayotgan edi.  

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan uning jigar tizimi bilan bog‘liq kasallikdan forig‘ etish va yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti uchun ajratilgan 50 million so‘m muammoning oqilona yechimi bo‘ldi. Muhimi, ushbu amaliyotni xorazmlik tibbiyot xodimlari, o‘z kasbining mohir ustalari muvaffaqiyatli amalga oshirdi. – Buning uchun, avvalo Davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildiraman, – deydi Hasan Otajonov. –Surunkali jigar kasalligidan qutilib, oilam bag‘riga qaytdim. Bu men uchun, qolaversa, oila a’zolarim uchun kutilmagan tuhfa bo‘ldi. Asosiysi, xorazmlik Hasan Otajonov singari, xastaligi va nogironligi sabab uyda yotib qolgan bemorlarga Prezident tashabbusi bilan "Mahalla" xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak"dan yordam ko‘rsatildi. Ular holidan xabar olinib, fond hisobidan qo‘shimcha yordam ham ko‘rsatildi.  

Ahmadjon Shokirov,  

O‘zA,