Urganch shahridagi Yoshlar markazida Oliy Majlis Senatining
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev hamda Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdukarimova ishtirokida «Senatorlar va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir faol yoshlarning fikrini tinglash, dolzarb masalalarga yechim topish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ochiq muloqot ruhida o‘tdi.
—Uchrashuvda ta’kidlanganidek, yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ularning zamonaviy bilim olishi, kasb egallashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda, — deydi senator Sayyora Abdukarimova.—Muloqot davomida yoshlar ta’lim sifati, bandlik masalalari, ijtimoiy faollik, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirilgan o‘quv kurslarini ko‘paytirish, talabalar uchun qo‘shimcha grant va stipendiya dasturlari joriy etish, yoshlarning IT va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, sport va madaniy tadbirlarni yanada kengaytirish kabi qator mavzularda o‘z taklif va fikrlarini bildirdilar.
[gallery-26694]
Uchrashuvda senatorlar yoshlarning takliflarini diqqat bilan tinglab, bildirilgan masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Xorazmlik yoshlar siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va bandlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashdi.
Shuningdek, ekologik madaniyat, ta’lim sifati va ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar tashabbuslariga imkoniyatlar yaratish masalalari bo‘yicha keng fikr almashildi.
<iframe width="914" height="523" src="https://www.youtube.com/embed/KY0mPGWGXPc" title="Xorazmda senatorlar yoshlar bilan uchrashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat, video), O‘zA muxbirlari