Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 940 milliard so‘mga qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi
13:25 / 2023-03-31

Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 

Viloyat hokimligiga nomzod Jo‘rabek Rahimov hududni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash borasidagi taklif va rejalari haqida hisobot berdi. 

J. Rahimov dastlab aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish masalalari bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi. Prezident bu borada mutasaddilarga qator topshiriqlarni berdi. 

Xususan, 1 iyulgacha oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 940 milliard so‘mga qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Xiva shahridagi xizmat ko‘rsatish texnikumi hamda Shovotdagi Qurilish kasb-hunar kolleji binosida mono-markaz tashkil etiladi. Shuningdek, yil yakuniga qadar “kooperatsiya markaz”lari Xonqa, Gurlan, Hazorasp va Qo‘shko‘pirdagi bo‘sh turgan davlat mulki negizida ham tashkil qilinadi. 
1 iyulga qadar tadbirkorlik rivojlangan 94 ta mahallada mikro-markazlar tashkil qilinib, u yerdagi loyihalarga yana 50 milliard so‘m imtiyozli kredit yo‘naltiriladi. 

Bundan tashqari: 

 – 2023 yilda mahallalarga oilaviy tadbirkorlikni olib kirish va yangi tadbirkorlarni tashkil qilish orqali 57 ming aholi; 
– kasanachilikda salohiyati bor 240 ta mahallada mehnat qurollari va joy masalasini hal qilib, 50 ming aholi; 
– yangi kasblarga o‘qitib, o‘zini-o‘zi band qilish orqali 28 ming aholi bandligi ta’minlanadi.

O‘zA