Xorazm viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida "Xorazm viloyatida o‘ta havfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha murakkab epidemik vaziyat saqlanib qolmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi samarali tadbirlar natijasida o‘lat, vabo, sariq isitma, virusli gemorragik isitmalar, parranda grippi kabi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning respublika hududiga chetdan kirib kelishi va aholi o‘rtasida tarqalib ketishining oldi olinmoqda.
[gallery-21908]
– Viloyatda quturish kasalligi bo‘yicha epizootik va epidemik vaziyat murakkabligicha qolmoqda, – deydi viloyat sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘lim mudiri Ho‘janiyoz Matyoqubov.– 2024 yilda 2 ming 261 nafar fuqaro antirabik yordamga murojaat etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 2 ming 220 nafarni tashkil etgan. Ya’ni hayvonlardan jarohatlanish 41 holatga oshgan. Afsuski, o‘tgan yilda jarohat olganlarning 58,7 foizini 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etdi. Jarohat olganlarning 24,8 foizi xavfli joyidan (bosh, yuz, barmoqlaridan) jarohatlangan. 2023-2024 yillar davomida viloyat bo‘yicha yuz ming aholiga nisbatan intensiv xizmatlar ko‘rsatildi.
Anjumanda kuydirgi, quturish, qrim-kongo gemorragik isitma, brutsellyoz, vabo va boshqa o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, epizootologiyasi, klinikasi, qiyosiy va laboratoriya tashxisi, davolash usullari va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari sohaga oid ko‘plab savollariga javoblar oldi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_WO2bhMvyLs?si=-rFWbjr3fXC5tveD" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat, video),
O‘zA muxbirlari