Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda eng faol yosh kitobxon oila aniqlandi
20:05 / 2025-10-07

Urganch shahridagi yoshlar markazida “Yosh kitobxon oila” tanlovining Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning quyi bosqichlarida 11 mingdan ortiq yosh oilalar ishtirok etgan. Viloyat bosqichida esa ular orasidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan juftliklar o‘z bilim va saviyalarini sinab ko‘rishdi. 

[gallery-25637]

– Bu yilgi tanlovda oldingilariga qaraganda juda ko‘p yosh oilalar ishtirok etishdi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Timur Jumaniyozov. – Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, har bir oila a’zosini kitob mutolasiga keng jalb etish, ular o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda viloyatning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan yosh oilalar belgilangan talablar asosida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. 

Tanlovning “Badiiy asarlar bilimdoni” hamda “Tezkor savol-javob” shartlari bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishgan xonqalik O‘rinovlar oilasi uchinchi, gurlanlik Nazarboyevlar oilasi ikkinchi va Tuproqqal’a tumanidan qatnashgan Rajabovlar oilasi birinchi o‘rinni egalladi. 

G‘olib bo‘lgan kitobxon yosh oila tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari