Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda dunyo baxshilarining bahsi boshlandi
21:32 / 2025-04-26

Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalq og‘zaki ijodiyotining eng qadimiy turlaridan bo‘lgan baxshichilik san’ati yuksak gumanizm g‘oyalarini, tinchlik va do‘stlik, adolat va haqiqat kabi ezgu fazilatlarni mahorat bilan tarannum etadi. Shu bois ham, baxshi, oqin va jirovlar azaldan xalq qalbining kuychilari, turli millat va elatlarni birlashtiradigan olijanob insonlar sifatida ardoqlab kelinadi.

Mamlakatimizda boshqa san’at turlari kabi baxshichilik san’atiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida har ikki yilda bir marta o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali misolida ham ko‘rish mumkin. Festivalning qamrovi yildan yilga kengayib bormoqda.  

O‘zbekiston  Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning IV Xalqaro baxshichilik festivali ishtirokchilariga tabrigini  Prezident maslahatchisi Odil Abdurahmonov o‘qib eshittirdi.  

Joriy yil 26-28 aprel kunlari o‘tadigan festivalda dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan taniqli baxshilar ishtirok etishmoqda.  

[gallery-23042]

Tadbir san’at ustalari va baxshi, oqin, jirovlarning konsert dasturi bilan yakunlandi.  

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari