Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikni sarosimaga solgan Buxoro viloyati Romitan tumanidagi zararli chigirtkalar Xorazm bilan chegaradosh hududlarni ham cheklab o‘tgani yo‘q.
Katta saksovul bukrisi chigirtkasi faqatgina saksovul o‘simligi barglarini iste’mol qiladi. Boshqa hech qanday o‘simlik yoki qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar keltirmaydi.
Ayni damda Xorazm viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining bir guruh mutaxassislari chegara maskanida kimyoviy kurashish chora-tadbirlarini olib bormoqda. Zararli chigirtkaga qarshi kurashish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun moddiy- texnik baza yaratilgan bo‘lib, yoqilg‘i, kimyoviy vositalar zaxirasi jamg‘arilgan.
Jumladan, OBX-600 va VP-1 traktor purkagichi, osma qo‘l purgagichi, shuningdek, yuqori unumli purgagichlar va maxsus UMO avtomashinalari jalb etilgan.
[gallery-17825]
Kimyoviy kurashish tadbirlari Xorazm A-380 avtomobil yo‘lining 455 kilometridan boshlab Buxoro viloyati chegarasigacha olib borilmoqda. Hozirgacha 3272 gektar maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazildi.
A.Shokirov, O‘zA muxbiri