Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda "Chegarasiz turizm" turizmni rivojlantirish xalqaro forumi o‘tkaziladi
13:36 / 2022-11-18

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarning yetakchi kompaniyalari hamda mamlakatimizning turistik biznes vakillari ishtirokidagi mazkur xalqaro forum joriy yilning 29 noyabr kuni Xiva shahrida o‘tkaziladi.

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan xalqaro forum kun tartibidan "Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida turizm: sayyohlik oqimini jadal tiklash salohiyati, istiqbollari va muammolari", "Barqaror va yashil turizm kun tartibidagi o‘zaro ta’sir", "YeOII mamlakatlari o‘rtasida yo‘lovchi transporti aloqalarini kengaytirish", "Kelajak turizmi: turizm sohasida kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik istiqbollari" kabi dolzarb masalalar o‘rin olgan.

Ushbu forum ichki turizmni sezilarli darajada rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish, turizm sohasida ilmiy-texnikaviy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ahmadjon SHOKIROV,

O‘zA muxbiri