FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyatida “Bolalar harakati” sardorlari saylovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Saylov jarayonlari mahalla bosqichidan boshlanib, tuman va shahar bosqichlari orqali saralash asosida viloyat darajasiga olib chiqildi. Bu esa saylovlarning oshkoraligi, shaffofligi hamda sog‘lom raqobat muhitida o‘tishini ta’minladi.
[gallery-27402]
Viloyat bosqichida 117 nafar faol va tashabbuskor o‘g‘il-qiz ishtirok etib, o‘z g‘oyalari, ijtimoiy loyihalari hamda bolalar manfaatlariga qaratilgan tashabbuslarini taqdim etdi. Saralash natijalariga ko‘ra, eng munosib deb topilgan 9 nafar sardor kelgusida bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etish hamda tengdoshlariga namuna ko‘rsatish vazifalarini o‘z zimmasiga oldi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA